Bunyodkor Textile sifat nazorati

Sifat nazorati va texnologiyalar

«Bunyodkor» korxonasi ishlab chiqarish va integratsiyaning barcha bosqichlarida eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarning qat’iy nazorati hamda namunalarni laboratoriyalarda majburiy tekshirish mahsulot sifatining talabga muvofiqligini ta’minlaydi.

Barcha fabrikalar Yevropaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari laboratoriya-sinov uskunalari bilan jihozlangan. Tola namlik, begona tolalar miqdori, uzunligi va tarkibi bo‘yicha tekshiriladi. Ipning tekisligi, tukdorligi va uzilish yuklamasi sinovdan o‘tkaziladi. Trikotaj va to‘qima materiallar ultrabinafsha nurlanishi va yeyilishga chidamlilik, nuqsonlar hamda notekisliklar bo‘yicha tekshiriladi. Sifat James Heal uskunalari yordamida nazorat qilinadi.

Sifat nazoratining yakuniy bosqichi mahsulot individual qadoqqa joylanishidan oldin o‘tkaziladi. Mahsulot tarkibi haqidagi ma’lumot va markirovkaning muvofiqligi ham tekshiriladi.

O‘tkaziladigan sinovlar ishonchli va yuqori sifatli. Laboratoriya ishlari faqat ishlab chiqilgan xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Umumiy maqsadlarga erishish uchun biz mijozlar bilan doimiy muloqot qilib, zaif tomonlarni aniqlaymiz va jarayonlarni takomillashtiramiz. Ichki audit, nazorat hujjatlari, tanqidiy o‘zini baholash va boshqa choralar joriy etilgan.

To‘qimachilik matosi sifatini tekshirishIshlab chiqarish jarayonini nazorat qilish
Bizning hamkorlarimiz