Bunyodkor Textile ishlab chiqarishi

Kompaniya tarixi

Muhim sanalar

1999 yil

Erkulovlar oilasi kompaniyaga asos soldi va paxta tozalash zavodi ish boshladi

2005 yil

Ip-kalava ishlab chiqarish, jin va boshqa paxta tozalagichlarni ishlab chiqish

2007 yil

Ijtimoiy obyektlarni rivojlantirish va qurish

2009 yil

Urug‘ yetishtirish, yangi qadoqlash texnologiyasini tadqiq qilish va yaratish

2016 yil

Yangi korporativ strategiya, istiqbol va maqsadlarni belgilash

2017 yil

Xususiy korxonadan MCHJga o‘tish va kengayish

2018 yil

Yangi rotorli yigirish sexini ishga tushirish

2019 yil

Vertikal integratsiyalashgan kompaniya sifatidagi birinchi yil

2021 yil

Trikotaj va tikuv sexlarini ishga tushirish

2022 yil

To‘quv fabrikasi va halqali yigirishni ishga tushirish

Bunyodkor 1999-yil 10-oktabrda Koson shahrida taniqli sanoatchi Erkulovlar oilasi tomonidan tashkil etilgan. Hozir kompaniyani oilaning uchinchi avlod to‘qimachilari boshqaradi. Dastlab korxona paxtani tozalash va qayta ishlashga ixtisoslashgan, DPZ-180 Zikriyoyev arra vali jinini yaratib patentlagan. O‘sha davrda Bunyodkor xususiy korxonasida atigi 50 ishchi ishlagan. Tashkilot linterlar, jinlar va boshqa uskunalar, xususan paxta tozalash texnologiyalarini yaratishga qo‘shgan hissasi bilan ham tanilgan.

Bunyodkor ishlab chiqarish tarixiBunyodkor ishlab chiqarish majmuasi

2005-yilda yangi texnologiyalar va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish orqali korxona rotorli usulda ip-kalava ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 2009-yilga kelib paxta urug‘larini tadqiq qilish va takomillashtirishda yetakchiga aylandi hamda kimyoviy-biologik xususiyatlarini saqlagan holda to‘g‘ri saqlash uchun noyob qadoqlash usulini yaratdi.

O‘sha davrdan korxonamiz jamiyat va o‘zi faoliyat yuritayotgan hudud oldidagi ijtimoiy mas’uliyatini his etib, mahalliy infratuzilmaga sarmoya kiritishga va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni qurishga intilib kelmoqda.

2016-yilda korxona jahon bozoridagi tez o‘zgarishlar va Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yaratgan qulay biznes sharoitlarini hisobga olib yangi rivojlanish strategiyasini qabul qildi. Paxta klasteri iqtisodiyoti yondashuvi asosida kompaniyamiz fermerlar va yetkazib beruvchilar bilan ishlash bo‘yicha innovatsion dasturga qo‘shildi. Bu samarali agrotexnika, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari va ilmiy ishlanmalarga sarmoya orqali paxta tannarxini boshqarish va hosildorlikni oshirishga imkon berdi.

2017-yilga kelib korxonada 200 dan ortiq xodim mehnat qilardi. Jadal o‘sish va yirik bosqichma-bosqich investitsiya loyihalari boshlanishi munosabati bilan 2018-yilda Bunyodkor xususiy korxonasi BUNYODKOR mas’uliyati cheklangan jamiyatiga aylantirildi.

2018-yilda ko‘p bosqichli investitsiya loyihasining birinchi bosqichi doirasida kompaniya Germaniyaning Truetzschler hamda Shveytsariyaning Rieter va USTER kompaniyalarining zamonaviy Yevropa texnologiya va uskunalarini o‘rnatib, ip-kalava ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qildi.

2019-yilda Bunyodkor MCHJ vertikal integratsiyalashgan klaster kompaniyasi sifatida muvaffaqiyatli ish boshladi.

2021-yilga kelib BUNYODKOR MCHJ Germaniyaning Terrot Pilotelli va ZSK hamda Yaponiyaning Juki kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilar uskunalarini o‘rnatib, trikotaj mato va tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

2022-yilda kompaniya rivojlanishning ikkinchi bosqichini amalga oshirib, Belgiyaning Picanol, Germaniyaning Saurer Schlafhorst va Welker, Shveytsariyaning Staubli uskunalari yordamida halqali ip-kalava va yuqori sifatli gazlama ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Kompaniya faol rivojlanishda davom etib, investitsiya loyihasining uchinchi bosqichiga kirishdi. Asosiy e’tibor energiya resurslarini tejash va atrof-muhitga zararini kamaytiradigan yangi ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarga qaratilgan.

1999

Erkulovlar oilasi kompaniyaga asos soldi va paxta tozalash zavodi ish boshladi

2005

Ip-kalava ishlab chiqarish, jin va boshqa paxta tozalagichlarni ishlab chiqish

2007

Ijtimoiy obyektlarni rivojlantirish va qurish

2009

Urug‘ yetishtirish, yangi qadoqlash texnologiyasini tadqiq qilish va yaratish

2016

Yangi korporativ strategiya, istiqbol va maqsadlarni belgilash

2017

Xususiy korxonadan MCHJga o‘tish va kengayish

2018

Yangi rotorli yigirish sexini ishga tushirish

2019

Vertikal integratsiyalashgan kompaniya sifatidagi birinchi yil

2021

Trikotaj va tikuv sexlarini ishga tushirish

2022

To‘quv fabrikasi va halqali yigirishni ishga tushirish

Biz haqimizda videolar
Bunyodkor ishlab chiqarish majmuasi
Bunyodkor ishlab chiqarish majmuasi
Zamonaviy to‘qimachilik uskunalari
Zamonaviy to‘qimachilik uskunalari
Har bir bosqichda sifat nazorati
Har bir bosqichda sifat nazorati