
Ekologik yondashuv
Ifloslanish
Bunyodkor kompaniyasi ekologiyani asrashni nafaqat qo‘llab-quvvatlaydi, balki amalda ham himoya qiladi. Atrof-muhitga ehtimoliy zarar va qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarni bartaraf etish yo‘llarini muntazam izlaymiz. Ekologik muammolarni aniqlash va hal qilish uchun Koson tumanining turli qatlamlari vakillaridan ekspert kengashi tuzilgan.
Ekologik talablarga muvofiq, 500 gektar maydonda zaharli kimyoviy moddalarsiz 100% organik paxta yetishtirish tajribasi boshlandi. Kelajakda gazlama va trikotaj kiyimlarimiz iste’molchilar, xodimlar, mahalliy aholi va tabiat uchun xavfsiz bo‘ladi.


Tekshiruvlar va qonunbuzarliklarning oldini olish uchun ekologiyani muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mahalliy vakillari bilan hamkorlik qilamiz. Korxona har yili yangi ko‘chatlar ekadi, mavjud daraxtlarni parvarish qiladi, zararli gazlar chiqishini oldini oladi va ularning tarkibini muntazam tahlil qiladi.
Suv
Fabrikalarimizda membranali bioreaktorlar yordamida oqova suvlarni tozalash texnologiyasi qo‘llanadi. To‘qimachilik ishlab chiqarishida toza ichimlik suvi sarfini kamaytiramiz. Tozalash vaqtida tuzlar, minerallar va zararli aralashmalar Turkiyaning Fuzyon kompaniyasi uskunalari bilan chiqarib tashlanadi. Yomg‘ir suvini yig‘ish va fabrika xo‘jalik ehtiyojlari uchun saqlash ham joriy etilgan.


Ta’minot va iste’mol zanjiriga ta’sir
Tabiiy xomashyodan tayyorlangan trikotaj mahsulotlar mijozlar salomatligi va ekologik iste’molga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qadriyatlarimizni xaridorlar va yetkazib beruvchilarga yetkazamiz, atrof-muhitni himoya qilish borasidagi qarashlarimizni qo‘llab-quvvatlaydigan hamkorlarga yordam beramiz. Paxta o‘simligi chiqindilari ekologik talablarga rioya qiladigan chorvachilik majmualarining yem bazasi sifatida ishlatiladi.
Energiya
Qayta tiklanmaydigan energiya resurslari kamayib borayotgani sababli energiyadan samarali foydalanish muhim. Fabrikada asosiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun quyosh panellari o‘rnatilgan. Germaniya, Shveytsariya va Janubiy Koreya uskunalari kam energiya sarflaydi. Maxsus dastur barcha sexlar va ma’muriy ofislardagi iste’molni nazorat qiladi.
